Superliga. 4 ta gol urilgan uchrashuvda "Neftchi" va OKMK murosa ko‘chasini tanladi
O‘zbekiston Superligasi 4-turidan o‘rin olgan "Neftchi" - OKMK bahsi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvda jamoalar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Vodiyliklar tarkibida Larin hamda To‘xtasinov gol urdi. Olmaliqliklardan Boake va G‘iyosov o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, "Neftchi" joriy mavsumda ilk bora ochko yo‘qotdi.

Fikrlar