
Superliga 4-tur uchrashuvlari boshlanish vaqtlari e’lon qilindi
O‘zPFL Superliga 4-tur o‘yinlari boshlanish vaqtlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, “So‘g‘diyona” stadioni yoritish tizimida muammolar borligi uchun “So‘g‘diyona” – “Paxtakor” bellashuvi soat 18:00 da boshlanadi.
“Buxoro” sport majmuasida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani bois, klub o‘z uy uchrashuvlarini Muborakdagi “Bahrom Vafoev” stadionida o‘tkazadi.
Superliga. 4-tur
13 iyun, shanba
19:00 “Bunyodkor” — “Qo‘qon-1912”
20:00 “Qizilqum” — AGMK
14 iyun, yakshanba
18:00 “So‘g‘diyona” — “Paxtakor”
20:00 “Nasaf” — “Navbahor”
15 iyun, dushanba
18:00 “Surxon” — “Mash’al”
18:30 “Buxoro” — “Andijon”
19:00 “Lokomotiv” — “Metallurg”.
Fikrlar