
Superliga. "Andijon" "Paxtakor" maydonidan ochko bilan qaytadigan bo‘ldi
O‘zbekiston Superligasi 8-turidan o‘rin olgan qoldirilgan uchrashuvda "Paxtakor" o‘z maydonida "Andijon"ni mehmon qildi. Unda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Dastlab, 53-daqiqada Hojiakbar Alijonov hisobni ochgan bo‘lsa, 78-daqiqada Rubin Xebay olis masofadan gol urib, muvozanatni tikladi. Bellashuvda hisob boshqa o‘zgargani yo‘q.
Shu tariqa, "sherlar" ochkolari sonini 28 taga etkazib oldi. Durangdan qat’i nazar ular jadvalda peshqadamlik qilmoqda. 19 ochkosi bor "Andijon" 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar