
Superliga. Avgust oyining eng yaxshi murabbiyi e’lon qilindi (foto)
Superligada avgust oyining eng yaxshi murabbiyi nomi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, "Neftchi" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko oyning eng yaxshi murabbiyi, deb topildi.
Mutaxassis yakuniga etgan oyda "yo‘lbarslar" bilan 5 ta o‘yinda ishtirok etdi. Ularning 2 tasida g‘alaba qayd etilgan, yana 3 ta o‘yinda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbati - 3:1.
Ayni paytda "Neftchi" turnir jadvalida 34 ochko bilan 2-o‘rinni band etgan.
Fikrlar