Superliga. Bugun 5-tur o‘yinlari start oladi
Bugun O‘zbekiston Superligasida 5-tur bahslari start oladi. Kun doirasida 3 ta bellashuv bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Dastavval soat 17:00 da "Andijon" - "Nasaf" bahsi boshlanadi.
18:00 da esa "Paxtakor" - "Dinamo" uchrashuvi start oladi. Kunning so‘nggi qarama-qarshiligi esa Buxoroda bo‘lib o‘tadi. Unda "Buxoro" amaldagi chempion - "Lokomotiv"ni qabul qiladi.

Fikrlar