Superliga. Bugun "Paxtakor" va "Nasaf" o‘z o‘yinlarini o‘tkazadi
Bugun O‘zbekiston Superligasi 19-turidan o‘rin olgan ikki uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Chempionlikka asosiy da’vogarlardan biri "Paxtakor" Jizzaxda "So‘g‘diyona" mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:00da start oladi. Mazkur o‘yinni "Dunyo bo‘ylab" telekanalida jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.
Chempionlik uchun kurashayotgan yana bir jamoa - "Nasaf" Qarshida "Bunyodkor"ni qabul qiladi. Bu bahs ham 18:00da boshlanadi.


Fikrlar