Superliga. Bugun Toshkentda vodiy derbisi, Jizzax va Termizda ham katta futbol bayrami

  • 10.03.2019 09:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor 8 mart sanasida “Qizilqum” va “Andijon” (1:1) jamoalari o‘rtasidagi o‘yin orqali Superliganing yangi mavsumiga start berilgan edi. Kecha esa muxlislar "Dinamo" - "Nasaf" (1:1) hamda AGMK - "Buxoro" (0:0) o‘yinini tomosha qilishdi.

Bugun esa mavsumning ilk turidan o‘rin olgan so‘nggi 3ta bahs bo‘lib o‘tadi. Dastlab, muxlislar Termizda “Surxon” va “Metallurg” uchrashuviga guvoh bo‘lishadi. Kunning ikkinchi uchrashuvi esa Toshkentda "Navbahor" va “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘rtasida kechadi. Bugungi o‘yinlarga Jizzaxda bo‘lib o‘tadigan "So‘g‘diyona" hamda "Bunyodkor" uchrashuvi yakun yasab beradi.

Ta’kidlash kerakki, har ikkala bahs ham “Sport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etilishi rejalashtirilgan.

13:00. Cuperliga. "Surxon" - "Metallurg" #LIVE

15:00. Superliga. "Navbahor" - "Qo‘qon-1912" #LIVE

18:00.Superliga."So‘g‘diyona" - "Bunyodkor"#LIVE

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!