
Superliga. "Bunyodkor" "Qizilqum" uchun noqulay raqib hisoblanadi (umumiy statistika)
Superliga 15-tur doirasidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Qizilqum" uchrashuvi Toshkentdagi “Lokomotiv” stadionida bo‘lib o‘tadi. Mazkur uchrashuv oldidan ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlariga doir statistik ma’lumotlar bilan tanishtirib o‘tamiz.
Ushbu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 31 marta to‘qnash kelgan.
O‘zaro uchrashuvlarning 20 tasida toshkentliklar g‘alaba qozongan. “Qizilqum” o‘yinlarning 5 tasida zafar quchgan. 6 ta bahsda durang natija qayd etilgan.
To‘plar nisbati – 59:23, “Bunyodkor” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda “qaldirg‘ochlar” 66 ochkoni qo‘lga kiritgan. “Qizilqum”ning ochkosi 21 tani tashkil etadi.
Manba: "Qizilqum" PFK matbuot xizmati.
Fikrlar