
Superliga. "Bunyodkor" Toshkentda "Navbahor"dan ustun keldi va 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi
Toshkentda kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun kelishdi. Nurillo To‘xtasinov va Xurshid G‘iyosovlar tomonidan kiritilgan gollarga mehmonlar safida Azizbek Turg‘unboev bir bor javob qaytardi.
Shu tariqa "qaldirg‘ochlar" hisobidagi ochkolar soni 39 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar