
Superliga. "Buxoro" so‘nggi daqiqada penaltidan gol o‘tkazib, rasman Pro ligaga tushib ketdi
O‘zbekiston Superligasi 19-turdan qoldirilgan "Buxoro" - "Olimpik" bahsi yakunlandi. Unda mehmonlar kichik 0:1 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yindagi yagona gol 90+8-daqiqada Jasur Jaloliddinov tomonidan penaltidan kiritildi. Shuningdek, 85-daqiqada "Buxoro" vakili Dilshod Jo‘raev maydondan chetlatildi.
Shu tariqa, 28 ochkosi bor "olimpiyachilar" 9-pog‘onadan joy egalladi. Ulug‘bek Baqoev shogirdlari esa 15 ochko bilan so‘nggi 14-o‘rinda qoldi. Jamoaning 12-pog‘onadagi "Qizilqum" bilan farqi 7 ochkoni tashkil etadi. Buxoroliklar so‘nggi ikki turda 100 foizlik natija qayd etganda ham Navoiy jamoasiga eta olmaydi.
Fikrlar