Superliga: Duranglar zanjiri, Kimda qancha? Barham topgan noxush an’analar haqida

  • 18 mart, 2019, 15:00
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Paxtakor” – “Lokomotiv” o‘yini bilan Superligada 1-tur o‘yinlari yakunlandi. SPORTS.uz saytida berib borilayotgan o‘zbek futboli tahlili va statistikasi muallifi Baxtiyor Shirinov ilk turning raqamlari, qiziqarli faktlarini taqdim etdi.

Tecno

Quyida dastlabki turning o‘ziga xos natijalari bilan tanishtirib o‘tamiz.

Duranglar zanjiri

Birinchi tur ortda qoldi. 7 o‘yindan 5 tasi durang bilan yakun topdi. So‘nggi ikki o‘yinda esa mezbon “So‘g‘diyona” va “Paxtakor” g‘alaba qozondi. Birinchi tur bu kabi 5 durang bilan boshlangan mavsum bundan avval ham bo‘lgan. 2000 yil 20 jamoa ishtirokida o‘tkazilgan chempionatda 10 uchrashuvdan 5 tasi durang bilan yakun topgan. 1999 yil 24-turda ham 8 bahsdan 5 tasida murosa ko‘chasi tanlangan.

Kimda qancha?

28-marta o‘tkazilayotgan milliy chempionatimizda ishtirok etayotgan jamoalar etarlicha tarixga ega bo‘lishga ulgurgan. Chempionatning eng yosh jamoasi AGMK bu yil elitada 12-mavsumini o‘tkazadi. “Bunyodkor”da ulardan bir mavsum ko‘p, ya’ni 13-ishtirok. Termizning “Surxon” jamoasi uchun ham elitada 13-mavsum. 1992 yil ilk chempionatdan o‘z ishtirokini boshlagan janubiy hudud jamoasi 2005-2018 yillarda quyi ligalarda qatnashgan. O‘zbek futbol vatani hisoblanadigan Qo‘qon shahri jamoasi bu yil 14-marta superligada ishtirok etadi. “Qo‘qon-1912” ham dastlabki ishtirokni 1992 yildan boshlagan. “Lokomotiv”da esa 15-mavsum. Temiryo‘lchilar 2004 yildan oliy ligada o‘z ishtirokini boshlagan va bir mavsumni (2011)ni birinchi ligada o‘tkazgan. “Qizilqum” uchun esa bu yubiley 20-mavsum. 2000 yildan beri navoiyliklar elitada muntazam qatnashib kelmoqda. Bekobodning “Metallurg” jamoasi ham 1998 yildan beri oliy ligada muntazam qatnashib kelmoqda. Ular hisobida bu 22-mavsumdir. Qarshining “Nasaf” jamoasi esa bekobodliklardan bir yil avval elitada o‘z ishtirokini boshlagan. Ularda 23-mavsum start oldi. “Andijon” jamoasi hisobida 24-mavsum boshlandi. Jamoa faqat 4 mavsumni 1-ligada o‘tkazgan. “Dinamo”da hamda “So‘g‘diyona”da “Andijon”dagi kabi holat. Ular ham 24-marta kuchlilar safida mavsumni o‘tkazishadi. Har uchchala jamoa ham 1992 yildan oliy ligada qatnasha boshlagan. “Buxoro” shahri jamoasi faqat bir mavsumni 1-ligada o‘tkazgan. Shu sababli ular hisobida bu elitada 27-mavsumdir. “Paxtakor” va “Navbahor” esa barcha chempionatlarda muntazam qatnashib kelayotgan ikki jamoadir. Ular 28-marta elitada ishtirok etishadi.

Barham topgan noxush an’analar

Birinchi turda “So‘g‘diyona” o‘z tarixida anchadan beri davom etib kelayotgan noxush an’anaga chek qo‘ydi. Jizzaxliklar mavsumni boshlab beruvchi o‘yinda 2009 yildan buyon g‘alaba qozona olmayotgan edilar. Ular bu mavsumda “Bunyodkor”ni so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga taslim etdilar. Mag‘lubiyat “qaldirg‘ochlar”ning uzoq muddatli shaxsiy rekordlarini barham topishiga olib keldi.

“So‘g‘diyona”ning birinchi turdagi natijalari. (2009 yildan keyingi)

  1. “So‘g‘diyona” – “Mash’al” 1:0
  2. “So‘g‘diyona” – “Dinamo” 0:0
  3. “Bunyodkor” – “So‘g‘diyona” 5:0
  4. “So‘g‘diyona” – “Mash’al” 1:1
  5. “Qizilqum” – “So‘g‘diyona” 4:1
  6. “Metallurg” – “So‘g‘diyona” 2:1
  7. “Bunyodkor” – “So‘g‘diyona” 1:0
  8. “Paxtakor” – “So‘g‘diyona” 2:0
  9. “So‘g‘diyona” – “Bunyodkor” 2:1

“Andijon” jamoasida statistika biroz bo‘lsada yaxshi tomonga o‘zgardi. Jamoa 2013, 2017-2018 yillari quyi ligada qatnashdi. Bungacha 2014-2016 yil ilk turda jamoa mag‘lubiyatga uchragan. Burgutlar 2012 yilgi mavsumni safarda “Metallurg” bilan xuddi shu kabi 1:1 hisobida yakunlashgandi.

  1. “Metallurg” – “Andijon” 1:1
  2. “Andijon” – “Paxtakor” 0:1
  3. “Nasaf” – “Andijon” 3:1
  4. “Paxtakor” – “Andijon” 2:1
  5. “Qizilqum” – “Andijon” 1:1

Umumiy statistika bo‘yicha esa andijonliklar 2010 yil o‘z maydonida “Olmaliq”ni 3:2 hisobida mag‘lub etganidan keyin ketma-ket 6 o‘yin-ki, g‘alaba qozona olmayapti.

Davomi bor...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шаҳобиддин Ортиқов
18/03/2019 15:29
Зўру....