Superliga. Himoyachilarning gollari evaziga "Nasaf" o‘z uyida "Olimpik"ni mag‘lub etdi
O‘zbekiston Superligasi 7-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Olimpik" bahsi yakunlandi. Unda mezbonlar yirik 3:0 hisobida zafar quchdi.
Qarshiliklar safida gollarning ikkisiga Husniddin Aliqulov mualliflik qildi. Yana bir golni Alibek Davronov kiritdi.
Shu tariqa, "Nasaf" 14 ochko bilan 5-o‘rinda qoldi. 10 ochkosi bor "olimpiyachilar" 8-pog‘onadan joy egallagan.

Fikrlar