
Superliga. Jizzaxda jangovar durang qayd etildi
Bugun Superliganing 15- tur o‘yinlari davom ettirildi.
"So‘g‘diyona" jamoasi Jizzaxda "Metallurg"ni qabul qilib oldi. Tomonlar kuchi teng kelgan ushbu bahsda 2:2 hisobi qayd etildi.
"So‘g‘diyona" vakillari Lyupcho Doriev va Islomjon Qobilovning gollariga "Metallurg"dan Balsa Sekulich va Azizbek Pirmuhammedov javob qaytardi.
Shu tariqa ikki jamoa ham bir ochkoni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar