Superliga. Mavsumning dastlabki o‘yinida kuchlar teng keldi
Navoiydagi «Yoshlik» stadionida kechgan bellashuvda kuchlar teng keldi – 1:1. Dastavval 30-daqiqada Oybek Qilichev jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda amalga oshirib, hisobni ochdi.
Ikkinchi bo‘limda esa «Qizilqum» bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov Eldor Boymatovning o‘rniga Sherali Jo‘raevni maydonga tushirdi. Aktamovning ushbu o‘zgartirishi o‘z mevasini bermay qolmadi. Aynan Jo‘raev 72-daqiqada o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi va o‘yin 1:1 hisobi bilan yakunlandi.

Fikrlar