Superliga. "Metallurg" "Qizilqum"ni tor-mor etdi
Bekoboddagi "Markaziy" stadionda kechgan uchrashuvda mezbonlar 4:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Stanislav Andreev, Zohid Abdullaev (2 ta) va Bahrom Abdurahimovlar tomonidan kiritilgan gollarga navoiyliklar safida Mirjalol Qosimov bir bor javob qaytara oldi xolos.
Shu tariqa "Metallurg" hisobidagi ochkolar soni 7 taga etdi va jamoa vaqtincha bo‘lsada 2-o‘ringa chiqib oldi. "Qizilqum" esa 5 ochko bilan 5-pog‘onani egallab turibdi.

Fikrlar