
Superliga murabbiylari orasida kim eng uzoq vaqt bir klubni boshqarib kelayotganini bilasizmi?
Ro‘ziqul Sa’dullaevich 2012 yil 9 yanvar kuni “ajdarlar” bosh murabbiyi sifatida tanishtirilgan.
Bu vaqt oralig‘ida Berdiev “Nasaf” bilan quyidagi yutuqlarga erishgan:
- O‘zbekiston chempionati kumush medali (2017, 2020);
- O‘zbekiston chempionati bronza medali (2013, 2014, 2015, 2016);
- O‘zbekiston kubogi (2015, 2021);
- O‘zbekiston Superkubogi (2016);
- OFK Kubogi finalchisi (2021).
Ayni vaqtda Superligada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar orasida bir jamoani eng uzoq vaqt boshqargan bosh murabbiy hisoblanadi.
O‘zPFL matbuot xizmati
Fikrlar