
Superliga. "Nasaf" - "Andijon" o‘yini uchun chiptalarni qaerdan xarid qilish mumkin?
Ertaga Qarshida katta futbol bayrami. "Ajdarlar" ertaga, Superliganing 1-turida o‘tgan mavsumda Pro-Liga chempionligini qo‘lga kiritgan “Andijon” jamoasi bilan bellashadi. Uchrashuv ertaga soat 16:30 da start oladi.
“Nasaf” — “Andijon” uchrashuvi chiptalari ham sotuvga chiqarildi. Chiptalarni “Markaziy” o‘yingoh hududida joylashgan kassalardan hamda klubning rasmiy saytidan onlayn xarid qilishingiz mumkin!
Superliganing 1-turidan o‘rin olgan “Nasaf” — “Andijon” uchrashuvidan oldin kontsert dasturi ham tashkillashtiriladi.
Ertaga soat 14:00 da “Markaziy” o‘yingoh eshiklari muxlislar uchun ochiladi.
Fikrlar