
Superliga. "Nasaf" o‘z maydonida so‘nggi o‘rinda borayotgan "Qizilqum"ni enga olmadi
O‘zbekiston Superligasi 17-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Qizilqum" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Bellashuv davomida qarshiliklar bir qator xavfli vaziyatlar yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Jumladan, Stanoevich 89-daqiqada gol ham urgandi, ammo ushbu gol ofsayd tufayli inobatga olinmadi.
Shu tariqa, "ajdarlar" hisobidagi ochkolari sonini 30taga etkazib oldi. Ayni vaqtda ular jadvalda 4-o‘rinni band etib turibdi.
Fikrlar
Насаф мухлиси эмасман, аммо жамоа бундай ахволга тушганидан хафаман.