
Superliga. "Navbahor" o‘z uyida, "Andijon" esa safarda xavfli yoxud derbi oldidan qiziq FAKTlar!
Bugun Superliganing 6-tur o‘yinlariga start beriladi. Dastlabki o‘yin Namanganda "Navbahor" va "Andijon" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
"Vodiy derbisi" oldidan biz sizga qiziq ma’lumotni taqdim etamiz. Unga ko‘ra, namanganliklar joriy mavsum chempionat doirasida hali o‘z maydonida mag‘lub bo‘lmadi. To‘plar nisbati ham havas qilarli darajada - 9:0.
Shu bilan birga, "Andijon"ning ham safar o‘yinlaridagi statistikasi chakki emasligini eslatib o‘tish lozim. "Burgutlar" mehmonda o‘tkazilgan 3 o‘yinning 2 tasini o‘z foydasiga hal qilgan.
Qolaversa, Xomyakov shogirdlari Qarshida "Nasaf"ni engishga muvaffaq bo‘lgan. Yagona mag‘lubiyat Toshkentda "Surxon"dan qabul qilib olingan - 0:1.
Fikrlar