
Superliga. "Navbahor" o‘z uyida OKMK bilan nursiz durang qayd etdi
Superliga 18-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - OKMK bahsi bo‘lib o‘tdi. Keskin va shiddatli o‘tgan bahsda darvozalar ishg‘ol qilinmadi.
Bellashuvda xavfli vaziyatlar ko‘p bo‘ldi. Ba’zida mehmonlar posboni Botirali Ergashev seyvlari bilan katta sahnaga chiqqan bo‘lsa, ba’zida O‘tkir Yusupov o‘ta ishonchli harakat qildi.
Shu tariqa, chempionlikka intilayotgan "lochinlar" o‘z uyida bir ochko bilan kifoyalandi.
Fikrlar