Superliga. "Navbahor" o‘z uyida "Turon"ni yanchib tashladi

  • 28 sentabr, 2023, 20:55
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 20-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Turon" bahsi bo‘lib o‘tdi va unda mehmonlar yirik, 5:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 

Tecno

Dastlab, 23-daqiqada Filipp Ivanovich hisobni ochgan bo‘lsa, birinchi bo‘lim so‘ngida Oston Urunovning super pasidan so‘ng Jasurbek Yaxshiboev gol urib, oradagi farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi.

Ikkinchi taym boshida hakam To‘rabek Suyunov yaypanliklar darvozasiga penalti belgiladi. 11 metrli jarima zarbasini Oston O‘runov aniq amalga oshirgan holda, hisobning yirik ko‘rinish olishini ta’minladi. 66-daqiqada Urunov yana bir bor penaltidan gol urdi, hisob 4:0. Bellashuv so‘ngida Asadbek Sobirjonov namanganliklarning beshinchi golini kiritdi.

Shu tariqa, "lochinlar" o‘z uyida  g‘alabani tantana qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!