Superliga. "Navbahor" Qo‘qonda g‘alaba qozona olmadi va mavsumni 8-o‘rinda yakunladi
Xabaringiz bor kecha Superliganing so‘nggi 26-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – “Navbahor” hamda “Andijon” – “Qizilqum” bellashuvlari qalin tuman sabab to‘xtatilgan edi.
Bugun soat 12:00 dan boshlab vodiydagi har ikkala bahsning qolgan qismi davom ettirildi. Jumladan, Qo‘qondagi o‘yin 1:1 hisobida o‘zgarmay qoldi.
Shu tariqa “Navbahor” mavsumni 9-o‘rinda yakunlagan bo‘lsa, “Qo‘qon-1912”ga 11-o‘rin nasib etdi.

Fikrlar