
Superliga. OKMK Toshkentda "Qizilqum"ni "yanchib tashladi"
O‘zbekiston Superligasi 9-turidan o‘rin olgan OKMK - "Qizilqum" bahsi yakunlandi. Unda mezbonlar 4:0 hisobida zafar quchdi.
Olmaliqliklar safida Tursunov (penalti), Shohrux Gadoev, Xurshid G‘iyosov (penalti) va Ruben Sanches o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Bu gollar OKMK uchun muhim 3 ochkoni taqdim etdi.
Shu tariqa, Qosimov shogirdlari 13 ochko bilan 6-o‘ringa chiqib oldi. 5 ochkosi bor "Qizilqum" 13-pog‘onadan joy egallagan.
Fikrlar