Superliga. "Olimpik" "Bunyodkor"ni yanchib tashladi

  • 30.04.2022 20:32
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliga 6-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Olimpik" o‘yini yakuniga etdi. Unda mehmonlar 5:1 hisobida raqibdan ustun keldi. 

Kapadze shogirdlari tarkibida Bo‘riev, Jiyanov, Odilov, Anvarov hamda Xoldorxonov o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Bunga "qaldirg‘ochlar"dan Tomiva bir marta javob qaytardi. 

Shu tariqa, "Bunyodkor" hisobidagi 10 ochko o‘zgarmay qoldi, "Olimpik"ning ochkolari esa 6 taga etdi. 





Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!