
Superliga. Ortda qolgan 6 turda 18 ta qizil kartochka!
Coca-Cola Superligada 6-tur yakunlandi. Ortda qolgan 42 uchrashuvda 16 futbolchiga to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatildi. Bundan tashqari 2 nafar o‘yinchi ikkinchi sariq kartochkadan keyin maydondan chetlatilgan.
Bu borada eng qattiqqo‘l hakam Rahimbek Karimov bo‘lib turibdi. Hozircha 3 ta uchrashuvni boshqargan FIFA referisi cho‘ntagidan 5 marta qizil kartochka chiqargan.
Ma’lumot uchun, Rahimbek Karimov Superliganing 7-turida "Turon" - "Navbahor" uchrashuvini boshqarib boradi.
Fikrlar