
Superliga. "Paxtakor" o‘z uyida OKMKni enga olmadi
O‘zbekiston Superligasi 20-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - OKMK o‘yini bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Mirjahon Mirahmadov 22-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ikki daqiqa o‘tib, Pshemislav Banashak hisobni tenglashtirdi. Birinchi bo‘lim so‘ngiga yaqin Dilshod Abdullaev olmaliqliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 63-daqiqada Azizbek Turg‘unboev bahsdagi muvozanatni tikladi. Diyor Turopov gol urdi, biroq hakam VARni ko‘rgach, uning golini bekor qildi.
Shu tariqa, Mirjalol Qosimov shogirdlari safardan bir ochko bilan qaytadigan bo‘ldi.
Fikrlar