Superliga. "Qizilqum" AGMKni ishonchli hisobda mag‘lub etdi
Navoiydagi "Yoshlar" stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Dastavval navoiyliklarning legioner hujumchisi 1-daqiqada Smit Medina hisobni ochdi. Taym so‘nggida esa Aziz Asimov mezbonlar darvozasi tomon penalti belgiladi va 11 metrli jarima zarbasini Dilshod Jo‘raev aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi.
Ikkinchi bo‘lim esa Elguja Grigalashvilining benefisiga aylanib ketdi. Aynan gruziyalik forvard tomonidan kiritilgan ikki gol "oltin izlovchilar"ga 3 ochko olib keldi.

Fikrlar