Superliga: “Qizilqum” qatorasiga uchinchi o‘yinni o‘z maydonida o‘tkazadi
Bugun, 18 mart kuni “Nasaf” jamoasi Superliga 3-tur uchrashuvini Navoiyda “Qizilqum” futbolchilariga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv “Yoshlik” sport majmuasida soat 20:00da boshlanadi.
O‘zbekiston Superligasi-2018. 3-tur
“Qizilqum” (Navoiy) – “Nasaf” (Qarshi)
18.03.2018. “Yoshlik” SM. 20:00da
Bosh hakam: Valentin Kovalenko (Toshkent)
Qanot hakamlari: Ruslan Serazitdinov (Toshkent), Alisher Usmonov (Toshkent)
Zaxira hakami: Shuhrat Rajabov (Buxoro).
Nazoratchi: Aleksandr Popov (Toshkent)
Uchrashuv komissari: Aleksey Frolov
“Qizilqum” va “Nasaf” jamoalari milliy chempionatda hozirgacha 36 marta bahs yuritishgan. Ushbu bahslarning 21 tasida "ajdarlarning" qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 6 uchrashuvda navoiylik futbolchilar g‘alaba qozonishgan. 9 uchrashuvda tomonlar durangga imzo chekishgan.To‘plar nisbati bo‘yicha ham “Nasaf” ustunlik qilmoqda: 38-68.
“Nasaf” Navoiyda o‘tkazilgan 18 uchrashuvning 7 tasida g‘alaba, 6 tasida durang va yana 5 uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragan. Yana bir qiziqarli fakt, “Qizilqum” jamoasi o‘z maydonida so‘nggi marta 2008 yilda “Nasaf”ni mag‘lubiyatga uchratgan. “Nasaf” so‘nggi bor “Qizilqum” jamoasini Navoiyda 2015 yili 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.
O‘tgan yili Navoiyda bo‘lib o‘tgan o‘zaro uchrashuvda 1:1 durang natijasi qayd etilgan. Navbatdagi uchrashuv jamoalarning Navoiydagi 19-uchrashuvi sifatida tarixga kiradi.
“Ajdarlar” bu yilgi chempionatning o‘tgan ikki turida 4 ochkoni qo‘lga kiritgan, “Qizilqum” jamoasi hisobida esa, hali ochko yo‘q.
Qayd etish kerakki, "Qizilqum" qatorasiga 3-uchrashuvni o‘z maydonida o‘tkazmoqda. 1-turda ochilish o‘yinini o‘tkazgan navoiyliklar 2-turda "Qo‘qon-1912" stadioni tayyor bo‘lmagani bois mezbonlikni qabul qilgandi.

Fikrlar