Superliga. Shuhrat Maqsudov "o‘zbek klasikosi"da har ikki jamoa safida gol urgan! (prevyu)

  • 11 sentabr, 2024, 18:20
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 18-turida muxlislar navbatdagi bor "o‘zbek klassikosi"ga guvoh bo‘lishadi.

Tecno

Jamoalar chempionatlar tarixida 59 o‘yin o‘tkazishgan. Kichik ustunlik "Paxtakor" tarafida - 28 g‘alaba, 9 durang va 22 mag‘lubiyat. Raqib darvozasiga 97 to‘p kiritgan "Sherlar" 70 to‘p o‘tkazib yuborishgan. Toshkentdagi bellashuvlarning 21tasida "Paxtakor" ustun kelgan bo‘lsa, 6 bahsda farg‘onaliklar g‘alaba qozongan.

Ikki o‘yin durang bilan tugagan. Toshkentliklar uydagi to‘qnashuvlarda 59 gol urgan holda 17 to‘p o‘tkazib yuborgan. "Paxtakor" 10 bor raqibni yirik natija bilan dog‘da qoldirishga erishgan bo‘lsa, "Neftchi"da bunday g‘alabalar soni uchtani tashkil qiladi.

Shuningdek, klublar O‘zbekiston Kubogida 15 uchrashuv o‘tkazganlar va "Paxtakor" ularning 12tasida ustun kelgan. 3 bellashuvda "yo‘lbarslar"ning yutug‘i kuzatilgan. "Paxtakor-79" xotira turniri va "Toshkent xalqaro turniri" finallarida ham jamoalarning to‘qnashuvi ro‘y berib, ularda "sherlar" muvaffaqiyatga erishgan.

"Paxtakor"ning eng yirik g‘alabasi 6:0, "Neftchi"da esa 4:0 hisoblanadi. Rustam Do‘rmonov o‘zaro uchrashuvlarda 12 to‘p kiritgan. Shuhrat Maqsudov esa har ikki jamoa tarkibida gol urgan yagona o‘yinchi sanaladi.

"Paxtakor" va "Neftchi" o‘rtasidagi o‘zbekona mumtoz to‘qnashuv 13 sentyabr, juma kuni "Jar" stadionida soat 19:30da boshlanadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!