
Superliga. "So‘g‘diyona" ikkita qizil kartochka ko‘rsatilgan o‘yinda nihoyat mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston Superligasi 7-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Qizilqum" bahsi yakunlandi. Unda mezbonlar kichik 1:0 hisobida zafar quchdi.
Jizzaxliklarning yagona goli Zenan Zaymovich nomiga qayd etildi. Shuningdek, "Qizilqum" vakili Murod Rahmatov 31-daqiqada, Ifeanyi Ifeanyi esa 90+6-daqiqada qizil kartochka olib, maydonni erta tark etdi.
Shu tariqa, "So‘g‘diyona" 5 ochko bilan 11-o‘ringa chiqib oldi. Xuddi shuncha ochkosi bor "Qizilqum" 12-pog‘onadan joy egallagan.
Fikrlar