Superliga. “Surxon” "Andijon" darvozasiga javobsiz 4 ta gol kiritdi
Superliganing 26-turidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuvda "Surxon" o‘z uyida "Andijon"ni yirik 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Dastlab, o‘yinni 11-daqiqasida Rustam Turdimurodov hisobni ochdi. Behruz Karimov esa 21 va 42-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qilib, dublni rasmiylashtirdi. 52-daqiqada Javohir Jo‘raev hisobni 4:0 ko‘rinishiga keltirdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng surxonliklarning jamg‘argan ochkolari soni 28 ta etdi va ular turnir jadvalida 11-o‘rinni egallab turibdi.



Fikrlar