Superliga. "Surxon" "Buxoro"ni ishonchli hisobda taslim etdi
O‘zbekiston Superligasi 4-turidan o‘rin olgan "Surxon" - "Buxoro" bahsi yakunlandi. Unda nominal mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
50-daqiqada Silvanus Nimeli hisobni ochgan bo‘lsa, 90-daqiqada Humoyun Sherbo‘taev hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirib qo‘ydi.
Shu tariqa, "Surxon" ochkolari sonini 7 taga etkazib oldi. "Buxoro" hisobidagi 3 ochko o‘zgarishsiz qoldi.

Fikrlar