Superliga. "Surxon" "Neftchi"ni ham 3 ochkosiz qoldirdi
O‘zbekiston Superligasi 9-turidan o‘rin olgan "Surxon" - "Neftchi" bahsi yakunlandi. Unda tomonlar 2:2 hisobida durangga imzo chekdi.
Termizliklar safida Jumaev va Nimeli o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Farg‘onaliklarning ikki goli Tabatadze hisobiga qayd etildi.
Shu tariqa, "Surxon" 12 ochko bilan 6-o‘rinda qoldi. 16 ochkosi bor "yo‘lbarslar" 3-pog‘onadan joy egallagan.

Fikrlar