
Superliga. "Surxon" so‘nggi daqiqalarda kiritilgan gollar evaziga g‘alaba qozondi
Superliganing 4-turidan o‘rin olgan "Surxon" - "Qo‘qon-1912" to‘qnashuvi yakuniga etdi.
Bellashuvda maydon egalari 3:1 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, 37-daqiqada Muhammadali Abdurahmonov hisobni ochgan bo‘lsa, 74-daqiqaga kelib mehmonlar futbolchisi Muhammadanas Hasanov kuchlarni tenglashtirdi. Bahsning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan 90+3- va 90+7- daqiqalardagi Diyor Ramazonov va Asadbek Karimovning gollari mezbonlarga g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa, "Surxon Arena"da mezbonlar 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
- O'zbekiston - Superliga
- Joriy Mavsum

Surxon
- Mukhammad-Ali Abdurakhmonov 37'
- Diyor Ramazonov 90'
- Asadbek Karimov 90'
Tugadi
3
:
1
04.04.2025 20:15

Qo'qon-1912
- Mukhammadanas Khasanov 74'
Fikrlar