Superliga. Xebay xet-trik qilgan o‘yinda "Andijon" "Metallurg"ni yanchib tashladi
O‘zbekiston Superligasi 7-turidan o‘rin olgan "Andijon" - "Metallurg" bahsi yakunlandi. Unda nominal mezbonlar yirik 5:0 hisobida zafar quchdi.
Andijonliklar safida gollarga Xebay (xet-trik), Arveladze va Berdiev mualliflik qildi. Bu gollar yakunda "burgutlar"ga o‘ta yirik g‘alabani taqdim etdi.
Shu tariqa, "Andijon" 9 ochko bilan 9-o‘ringa chiqib oldi. 7 ochkosi bor "ma’danchilar" 10-pog‘onadan joy egallagan.



Fikrlar