Superliga yangi mavsumiga qur’a tashlandi
"Bunyodkor" stadionida Superliganing yangi mavsumiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Ma’lumot uchun, joriy yilgi mavsumda ham Superligada 14 jamoa ishtirok etadi. Quyi ligaga tushib ketgan “Dinamo”ning o‘rniga A Pro-liga g‘olibi – “Mash’al” ishtirok etadi. Superliga 1-turi 27 fevraldan start oladi.
Marosimga futbol jamoatchiligi tashrif buyurgan. Marosimni taniqli sharhlovchi Davron Fayziev olib bormoqda.

* Marosim boshida, o‘tgan mavsum yakunlariga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi.
* Endi esa murabbiylar Ulug‘bek Baqoev ("So‘g‘diyona"), Shota Arveladze ("Paxtakor") va bir qator futbolchilar o‘tgan yil va boshlanayotgan mavsum borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
* Yangi mavsumda tasodifiy jamoa bo‘lmaydi. Kimlar qatnashishini esa quyidagi rasmda bilib olishingiz mumkin:

Davron Fayziev qur’a tashlash marosimini olib borish uchun PFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jaevni taklif qildi va u qoidalar, kerakli ma’lumotlarni aytdim o‘tmoqda.
Superligada 14-o‘rinni olgan jamoa Pro ligaga tushib ketadi. Pro ligada 2-o‘rinni egallagan klub o‘tish o‘yinida Superligada 13-pog‘onani band etgan jamoa bilan bitta o‘yindan iborat pley-off uchrashuvida kuch sinashadi.

Davraga Azizbek Haydarov va Server Jeparov taklif etildi. Ular jamoalarni aniqlab berishadi.
Qur’a tashlash marosimi boshlandi!
Superliga-2020. 1-tur
"Qizilqum" - "Nasaf"
"Surxon" - "Bunyodkor"
"Mash’al" - "So‘g‘diyona"
AGMK - "Metallurg"
"Qo‘qon-1912" - "Buxoro"
"Paxtakor" - "Navbahor"
"Lokomotiv" - "Andijon"

Shuningdek, marosimda O‘zbekiston kubogi finali bo‘lib o‘tadigan stadion nomi ham qur’a jarayoni orqali aniqlandi. Qarshidagi "Markaziy", Jizzaxdagi "So‘g‘diyona" va Namangandagi "Markaziy" o‘yingohlar nomzod sifadida ajratib olingandi.
Qur’aga ko‘ra Namangandagi "Markaziy" o‘yingoh kubok finalini qabul qiladigan bo‘ldi.

Shu bilan qur’a tashlash marosimi yakunlandi.

Fikrlar