
Superligada mag‘lub bo‘lmagan "Neftchi" Rossiyaga yo‘l oldi!
"Neftchi" klubi Rossiya tomon yo‘l oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun "Neftchi" jamoamiz a’zolari xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etish uchun Namangan xalqaro aeroporti orqali Rossiyaning Ekaterinburg shahriga yo‘l oldi.
Ertaga mahalliy vaqt bilan soat 19:30 da "Ekaterinburg arena" stadionida "Ural" jamoasi bilan javob bahsi o‘tkaziladi. Futbolchilarimiz 6 iyul kuni Farg‘onada shu jamoa bilan o‘tkazilgan uchrashuvda durang 0:0 natijani qayd etgan edi.
Fikrlar