Superligada "qoqilmagan" 3 ta jamoa qoldi (foto)
Bugun O‘zbekiston Superligasi 7-tur o‘yinlari start oladi.
Hozirga kelib, Ulug‘bek Baqoev boshchiligidagi "So‘g‘diyona" 14 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Bo‘rilar" 6 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 marta g‘alaba qozongan va 2 bor durang o‘ynagan. Jizzaxliklar hali mag‘lubiyat alamini totib ko‘rmadi.
Shuningdek, Superligada yana ikki jamoa – "Paxtakor" va "Nasaf" haligacha mag‘lub bo‘lmadi. "Sherlar" 5 o‘yinning 3 tasida zafar quchdi va ikkitasida durangga imzo chekdi. "Ajdarlar" esa ikki g‘alaba va ikki durang bilan 6-o‘rinda bormoqda.


Fikrlar