Superligada yangi yulduz paydo bo‘lishi mumkin, uni OChLda o‘ynaydigan klubda ko‘ramiz
Asli marokashlik bo‘lgan, ammo Niderlandiya pasportiga ega Imron Ulad Omar OChL saralashida to‘p suruvchi o‘zbek klub bilan shartnoma imzolash arafasida. Bu haqda SPORTS.uz jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev xabar bermoqda.
Hujumkor yarim himoyachi universal bo‘lib, qanot va markazda birdek naf keltiradi. Karerasi davomida Niderlandiya, Rossiya va Gruziya klublarida harakat qilgan.
Tez orada SPORTS.uz saytida transfer tafsilotlari bilan o‘rtoqlashamiz.

Fikrlar