Superliganing eng yaxshi assistenti O‘zbekistonning eng kuchli ikki jamoasi qaysi ekanini aytdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Qizilqum"da o‘tgan mavsum Superligada eng ko‘p assist qayd etgan serbiyalik futbolchi Aleksandar Stanisavlevich SPORTS.uz saytiga intervyu berdi. U chempionatimizda qaysi jamoaning o‘yini yoqqani, eng kuchli jamoalar haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

- Superligada qaysi jamoaning o‘yinidan zavq oldingiz?

- Men chiroyli futbol ko‘rishni istayman. To‘p nazorati, hujumkor o‘yin namoyish etadigan klublarning o‘yinini tomosha qilish menga zavq bag‘ishlaydi. Superligada shunday xislatlarga ega ikki jamoa sifatida "Paxtakor" va "Nasaf"ni ko‘rsatishim mumkin. Ular ayni payt O‘zbekistondagi eng kuchli jamoalardan sanalishi ham bejizga emas", - dedi hozirda erkin agentga aylangan legioner.

 

"Paxtakor" va arab klublaridan takliflar bor, O‘zbekistonda hayron qoldirgan narsa, Jahon chempionatida mamlakati Serbiyaning imkoniyati yoxud Aleksandar Stanisavlevich bilan intervyu

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!