Superliganing so‘nggi turi qachon va qaysi vaqtda boshlanadi?

  • 11 noyabr, 2024, 21:02
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing so‘nggi — 26-turidan o‘rin olgan 7 ta uchrashuvning barchasi bir vaqtda start oladi. Avvalroq Liga 25-tur uchrashuvlari vaqtini e’lon qilgandi.

Tecno

24-turdan keyingi turnir jadvaliga ko‘ra, 26-turning barcha uchrashuvi alohida ahamiyat kasb etadi. Ya’ni, sovrinli o‘rinlar hamda Superligada jon saqlab qolish uchun kurash olib borayotgan jamoalar o‘zaro to‘qnash keladi. Shundan kelib chiqib, biror uchrashuvni boshqa soatda tashkil qilish imkoniyati mavjud emas. Klublar safarga tayyorgarlik ko‘rishiga vaqt oz qolgani uchun 25-turdan keyin biror xulosaga kelish imkonsiz hisoblanadi.

26-tur 30 noyabr kuni 15:00 da start oladi. Bellashuvlar qay tartibda teletranslyatsiya qilinishi hamda aynan qaysi o‘yinlarda VAR texnologiyasidan foydalanilishi masalasi 25-turdan keyin aniqlab olinadi.

Uchrashuvlar sanasini belgilashda “Paxtakor” va “Nasaf” klublarining xalqaro maydondagi ishtirokidan kelib chiqildi. Boisi, har ikki klub 26-turga qadar va undan keyin xalqaro o‘yinlarda maydonga tushadi.

O‘zPFL matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!