Superrokirovka. Muhammad Saloh Madridga ketsa, Klopp “Real”dan kimni oladi?
“Real” va “Liverpul” yozgi transferlar mavsumida o‘zaro o‘yinchi almashishi kutilmoqda.
Zinedin Zidan mavsumlar oralig‘ida hujum chizig‘ini qayta tuzmoqchi. Madridga taklif etiladigan to‘purarlar qatorida Muhammad Saloh ham bor. Misrlik futbolchi bilan bosh murabbiy Yurgen Klopp munosabatlari avvalgidek emasligi uchun ham Salohning Liverpuldan ketishi haqiqatga yaqin.
O‘z navbatida, “Liverpul” rahbariyati Salohning o‘rniga “Real” vingeri Rodrigoni olib kelmoqchi. “Qirollik klubi” 19 yoshli braziliyalik futbolchini 70 million evroga qo‘yib yuborishga tayyor. Biroq, har ikki jamoa rahbariyati ham nishondagi o‘yinchilarga ortiqcha pul sarflashdan qochib, o‘zaro rokirovkani amalga oshirishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Bundan tashqari, “Real” va “Liverpul” dunyoning bugungi kundagi eng qimmat futbolchisi hisoblangan Kilian Mbappeni qo‘lga kiritishda o‘zaro raqobatchi hisoblanadi.



Fikrlar
Салох хеч катга кетмиди