Superto‘purar Mbappening “soya”si bo‘lishni istamadi

  • 6 dekabr, 2022, 15:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe yozgi transferlar vaqtida polshalik to‘purar Robert Levandovskini Parijga olib kelmoqchi bo‘lgan.

Le Parisien nashrining xabar berishicha, 23 shli hujumchi o‘sha payt “Bavariya” vakili bo‘lgan Levandovski bilan bog‘lanib, uni birgalikda PSJ sharafini himoya qilishga ko‘ndirishga uringan.

Biroq, 34 yoshli hujumchi Mbappening chorlovini qabul qilmadi. O‘zi o‘ynayotgan jamoada asosiy yulduz bo‘lishga ko‘nikkan Levandovski “Barselona”ni tanladi.

Levandovski Kataloniya klubida ham to‘purarlik mahoratini namoyish etib kelmoqda. U Ispaniya chempionatida 14 ta uchrashuvda 13 ta gol va to‘rtta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!