"Surxon" - "Buxoro" uchrashuviga doir statistik ma’lumotlar

  • 30.03.2023 17:03
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ertaga “Surxon” Superligada navbatdagi uchrashuvni o‘tkazadi. Raqib - «Buxoro» jamoasi bo‘ladi

Buxoroliklar o‘tgan mavsum pro ligada muvaffaqiyatli qatnashib, Superligaga qaytishdi. Jamoa bosh murabbiyi tojikistonlik tajribali mutaxassis Hakim Fuzailov. Uning shogirdlari Superligada 3 ta o‘yin o‘tkazib bir marotaba g‘alaba qozonishdi, yana ikki bor «Buxoro» mag‘lubiyatga uchradi.

1-tur. Turon - Buxoro 1:2

2-tur. Qizilqum - Buxoro 1:0

3-tur. Buxoro - Nasaf 0:1

Ayni paytda, «Buxoro» turnir jadvalida 9-o‘rinda joylashgan

O‘tgan yilda jamoalar O‘zbekiston Kubogida o‘zaro o‘ynashgan. 9 aprel kuni bo‘lib o‘tgan bahsda «Surxon» 2:0 hisob bilan g‘alaba qozondi. O‘sha bellashuvda Nuriddin Hasanov hamda Miroslav Markovich raqib darvozasiga gol urishgan.

Superligada tarixida esa jamoalar 28 marta o‘zaro o‘yinlarda maydonga chiqqanlar. 16 marotaba «Buxoro» g‘alaba qozondi. 7 marta «Surxon», yana 5 ta uchrashuv durang bilan yakunlandi. To‘plar nisbati - 25:50

Eslatib o‘tamiz, mazkur o‘yin ertaga, soat 18:00 da «Paxtakor» stadionida bo‘lib o‘tadi.

“Surxon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!