"Surxon" - "Navbahor" o‘yini oldidan: katta ustunlik namanganliklar tomonida, amaldachi?

  • 09.03.2022 15:26
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Termizning “Surxon” klubi Superliganing 2-turida Samarqandning “Dinamo” stadionida “Navbahor”ni qabul qiladi.

O‘tgan turda Anxel Lopes boshchiligidagi “Surxon” Toshkentda “Olimpik” bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa, “Navbahor” o‘z uyida “Nasaf”ga qarshi xuddi shu hisobni qayd etdi.

Bunga qadar ushbu klublar chempionatda o‘zaro 30 marotaba maydonga tushishgan. Katta ustunlik namanganliklar tomonida. Boisi, ular 20 ta o‘yinda “Surxon”ni mag‘lub etishgan. Bunday imkoniyatga termizliklar faqat 6 bor ega bo‘lishgan va yana 4 ta bahsda kuchlar teng kelib qolgan.

To‘plar nisbatida ham tafovut katta. “Surxon” 22 ta gol urgan va o‘z darvozasidan 77 ta to‘p o‘tkazib yuborgan. O‘tgan yili "Surxon" o‘z uyida 1:0 hisobida g‘alaba qozongan, Namangandagi uchrashuvda "Navbahor"ning qo‘li baland kelgan - 2:0.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!