"Surxon" - "Paxtakor" uchrashuvini kuzatayotgan Umid Ahmadjonov (foto)

  • 14 aprel, 2019, 17:47
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Birinchi bo‘limdan so‘ng hisob ochilganicha yo‘q. Uchrashuvning ikkinchi bo‘limi davom etmoqda.

Tecno

Katta futbolni sog‘inib qolgan surxondaryolik futbol muxlislari bugun stadionni to‘ldirib, o‘z sevimli jamoalari qo‘llab-quvvatlab turishibdi. "Surxon" jamoasi ayni paytda musobaqa jadvalida 3-pog‘onada borayotganini ham ta’kidlab o‘tish zarur. Ular mavsumni juda ajoyib tarzda boshlashdi.

Turning markaziy o‘yinlaridan biri bo‘lgan "Surxon" - "Paxtakor" uchrashuvini O‘FA Birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov bevosita stadiondan tomosha qilmoqda. Shuningdek, Umid Ahmadjonov bilan birgalikda Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi To‘ra Bobolov, O‘FA va Surxondaryo viloyati futbol assotsiatsiyasi mutasaddilari ham o‘yinni stadiondan tomosha qilishmoqda. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar bermoqda.

eda38310018a11a740f18079345280156c3955dc

0757227304a295ca36e9081ff1eef6ce18209254

2ce41937aec0a184a473b9cbb15a16025cfd74fa

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!