
"Surxon" "Andijon"ni quvib o‘tdi, "Neftchi" ikki pog‘ona yuqoriladi (Superliga turnir jadvali)
O‘zbekiston Superligasi 8-turidan o‘rin olgan qoldirilgan uchrashuvda "Neftchi hamda "Nasaf" o‘zaro kuch sinashdi. Mazkur bellashuvda maydon egalari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, 52-daqiqada Toma Tobatadze penaltidan gol urib, hisobni ochdi. 68-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Azizbek Amonov muvozanatni tikladi. 84-daqiqada Toma jarimadan gol urib, "yo‘lbarslar"ni hisobda oldinga olib chiqdi.
Shuningdek, "Olimpik" - "Surxon" bellashuvida jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Quyida bugun bo‘lib o‘tgan bellashuvlardan so‘ng jadvaldagi holat bilan tanishing.
Fikrlar