
"Surxon" faqat bir marta OKMKni mag‘lub etgan
Superliganing 1-turida OKMK Toshkentda Termizning "Surxon" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Ushbu uchrashuv jamoalarning musobaqa doirasidagi o‘zaro 9-bellashuvi bo‘ladi. O‘tgan mavsumdagi har ikkala bahsda Mirjalol Qosimov shogirdlari 2:1 hisobida g‘alaba qozongandi.
Umuman olganda, o‘zaro qarama-qarshilikdagi 8 to‘qnashuvda 7 bor “konchilar”ning qo‘li baland kelgan. “Surxon” yakka-yu yagona g‘alabasini 2019 yil qo‘lga kiritgan. AGMK “Surxon”ni ketma-ket 7 o‘yindan beri mag‘lub etmoqda.
Bo‘lajak o‘yinni boshqarish mas’uliyati Akobirxo‘ja Shukurullaevga topshirilgan. VAR hakami etib esa Rahimbek Karimov tayinlangan.
O‘yin 5 mart kuni soat 14:00da Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida boshlanadi.
«Surxon» – OKMK
5 mart 2023 yil. Toshkent. “Paxtakor” stadioni. 14:00
Hakamlar: Akobirxo‘ja Shukurullaev, Rishat Nugmanov, Akmal G‘iyosov, Abdurashid Xudoyberganov
VAR hakami: Rahimbek Karimov
AVAR: Ruslan Serazitdinov
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: Zohirjon Akramxonov
Fikrlar