"Surxon" klubi murabbiylar shtabida o‘zgarishlar bor. Ammo...
«Surxon» yangi mavsumga tayyorgarlikni 6 yanvar kuni Toshkentd boshlaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘in doirasida bir qator futbolchilar jamoa tarkibiga kelib qo‘shiladi. Murabbiylar shtabida ham o‘zgarishlar mavjud. Bu haqida keyinroq to‘liqroq ma’lumot berilishi ko‘zda tutilgan. Mashg‘ulotlarni hozircha Vladimir Andreev olib boradi.
Shuningdek, bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlari ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Fikrlar