"Surxon" klubida murabbiylar shtabida o'zgarishlar amalga oshirildi
"Surxon" Fevzi Davletov va Aleksey Nikolaev bilan hamkorlikni yakunladi. Bu haqida klub matbuot xizmati maʼlum qildi.
"Klubimiz asosiy jamoasi murabbiylar shtabida oʻzgarishlar amalga oshirildi. Jamoa bosh murabbiyi Fevzi Davletov hamda jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiy Aleksey Nikolaev klubni tark etdi.
Fevzi Davletov soʻnggi ikki mavsum davomida jamoamizga ustozlik qildi. Uning qoʻl ostida jamoa 65 ta rasmiy uchrashuv oʻtkazib, Oʻzbekiston Kubogining yarim final bosqichigacha yetib bordi.
Bosh murabbiy lavozimiga avval jamoada bosh murabbiy yordamchisi sifatida faoliyat olib borgan va yoshlari futbolida katta obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan Stanislav Kudryashov tayinlandi. Yaqin orada yangilangan murabbiylar shtabi toʻliq tarkibi eʼlon qilinadi.
Klub nomidan Fevzi Rizaevich va Aleksey Vladimirovichga samarali hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiramiz hamda ularga kelgusi faoliyatlarida omad tilaymiz", — deyiladi termizliklar xabarida.



Fikrlar